Архитектура и проектирование в Узбекистане www.sds.uz
Сухие строительные смеси edemix.uz

Dekart Kvadrati

Har qanday insonda olam olam orzu-umidlar mavjudligiga hech kimda shubha bo’lmasa kerak. Hech narsasi qolmagan kimsada ham orzular aslo tugamaydi. Kimdur zamonaviy restoran xo’jayini bo’lishni istasa, kimdur hashamatli saroy qurish orzusida yonmoqda. Yana kim durdona asar yozish niyatida. Shu kabi istaklar sizga tinchlik bermayotgan bo’lsa bu juda yaxshi, zero ayrim odamlar hatto orzu qilishdan qo’rqadilar. Ularning fikricha ushalmaydigan orzular bilan dilni siyoh qilish yaramaydi.

Sizda ham shunday orzular bormi? Ularni qalbingiz qaridan chiqaring, changini qoqing, so’zlariga quloq tuting. Ularni his qiling. Ha ha aynan hozir shunday qiling!

Endi esa tasavvur qiling …

Elf Kopmyuteringiz yonida kichik sehrgar elf paydo bo’ldi va ohistagina so’radi:
- Xohlaysanmi, orzularingni haqiqatga aylantiraman? Lekin oldingi hayot tarzing va hozirgi ahvoling bilan xayrlashasan.
Sarosimaga tushib jimib qolasiz. Ana shunaqa. Bunday savollarga tezda javob berish qiyin, shunday emasmi?
- Mayli, - muruvvat bilan gapiradi elf. – Yarim soatda qaytaman. Ungacha yaxshilab o’ylab ol.

Keling shu yarim soat ichida mulohaza yuritib ko’ramiz. Orzular tomon ildam qadam tashlashni xohlaymizmi yoki bizga ma’lum, sinovdan o’tgan, xavfsiz yo’ldan borishda davom etamizmi? Anglaganingizdek bu oddiy tanlov emas.

Biz sizga “Dekart Kvadrati” deb ataladigan uslubdan foydalanishni tavsiya qilamiz. Uning yordamida bugungacha erishganlaringizni saralashingiz va tahlil qilishingiz, hamda kelajakda nimani xohlashingizni aniqlab olishingiz mumkin.

Bu qanday bajariladi?

Bir varoq qog’oz olasiz va quyidagi to’rt savolga javob yozib chiqasiz. Savollar bir biriga juda o’xshash va xatto bir nechtasiga bir hil javob berish mumkin. Lekin bu to’rt savol orzularingiz haqida to’rt turli nuqtadan tasavvur hosil qilishda katta yordam beradi. Shu sababdan har bir savolga javob yozishda erinchoqlikka yo’l qo’ymang va har bir savolga to’liq javob yozib chiqing.

Har bir savolga 5-6 tadan kam bo’lmagan javob yozing. Qancha ko’p bo’lsa shuncha yaxshi. Chunki eng qiziq javoblar “yana nima deb javob berish mumkin” deb o’ylay boshlaganingizda hayolga keladi.

Marhamat mana o’sha sehirli kvadrat:

Dekart kvadrati

Tushunarli bo’lishi uchun savollarni kitob yozishni xohlaydigan (yoki xohlamaydigan? Buni hali uning o’zi ham bilmaydi) odam misolida ko’rib chiqamiz.

1. Bu amalga oshirilsa nima bo’ladi?

Bu eng muhim savol bo’lib, faqat yaqqol javoblar bilan cheklanib qolmaslik lozim. Aynan shu javoblar natijasida orzuylar sari yetaklovchi yo’l gavdalanadi va sizni shu yo’ldan yetaklovchi impuls yuzaga keladi.

Shunday ekan tortinmang, uyalmang. Amalingiz natijasida nimani xohlashingizni, nimani kutishingizni, barcha-barchasini yozing.

Endi esa bo’lajak yozuvchimizning javoblariga nazar solamiz.

Agar men kitob yozsam, nima bo’ladi?

Agar men kitob yozsam, o’zimga bo’lgan hurmatim ortadi.
Agar men kitob yozsam, boshlagan ishimni tugallashimni isbotlab bergan bo’laman.
Agar men kitob yozsam, taniqli inson bo’laman.
Agar men kitob yozsam, o’z qarashlarimni boshqalar bilan o’rtoqlashaman.
Agar men kitob yozsam, meni taniqli inson sifatida turli shoularga taklif qilishadi.
Agar men kitob yozsam, boshqa yozuvchilar bilan muloqot boshlash imkoni tug’iladi.
Agar men kitob yozsam, nomim tarixda abadiy qoladi.
Agar men kitob yozsam, kata miqdorda gonorar puli olishim mumkin.
Agar men kitob yozsam, …

2. Bu amalga oshirilmasa nima bo’ladi?

Orzularingizdan voz kechdingiz (yoki orzular sizdan), xo’sh nima bo’pdi? Hozir yashayotgan tarzingizda yashashda davom etsangiz nima bo’ladi? Oldingi savollar singari bu savolga ham ijobiy va salbiy javoblarni yozib chiqing. O’n beshta kam shoirimiz misolida mansab pillapoyalaridan ko’tarilish ijobiy bo’lsa, orzusini amalga oshira olmay o’zini omadsiz his qilish juda ayanchli.

Agar men kitob yozmasam nima bo’ladi?

Agar men kitob yozmasam, bor g’ayratimni ish faoliyatimga qaratib yuksak lavozimlarga erishishim mumkin.
Agar men kitob yozmasam, bir umr armon tig’i ostida qolaman.
Agar men kitob yozmasam, yozuvchilarga havas qilib yuraveraman.
Agar men kitob yozmasam, o’zimni omadsiz xisoblayman.
Agar men kitob yozmasam, hali hammasi oldinda deb o’ylashga imkonim bo’ladi.
Agar men kitob yozmasam,...

3. Bu amalga oshirilsa nima bo’lmaydi?

Bu savol maqsadga erishish uchun to’lashingizga tog’ri keladigan narxni, shu bilan birga voz kechishdan, yo’qotishdan qo’rqayotgan narsalaringiz bahosini belgilab beradi.

Agar men kitob yozsam, nima bo’lmaydi?

Agar men kitob yozsam, odamlar ko’zidan yiroq bo’la olmayman.
Agar men kitob yozsam, menda ortiq bunday orzu qolmaydi, bu mening kasbimga aylanadi.
Agar men kitob yozsam, kitob yozish haqida ulkan rejalarim borligi haqida ortiq gapira olmayman.
Agar men kitob yozsam, rasm chizish uchun vaqtim bo’lmaydi va shunga o’xshash qilishni xohlaydigan yuzlab boshqa ishlarni qila olmayman.
Agar men kitob yozsam,…

4. Bu amalga oshirilmasa nima bo’lmaydi?

Bu savolga javob berishda miyaning chap yarimshari faollik ko’rsatib ortiqcha noqulay vaziyatdan himoyalanish instinktini ishga tushirishi tayin. Xavotirga tushmang. Javoblarda xolis bo’lishga harakat qiling.

Agar men kitob yozmasam, nima bo’lmaydi?

Agar men kitob yozmasam, o’z ijodiy qobilyatimdan g’ururlana olmayman.
Agar men kitob yozmasam, juda yomon yozuvchi ekanligimni hechqachon bilmayman.
Agar men kitob yozmasam, kitobxonlar bilan muloqot qilishga majbur bo’lmayman.
Agar men kitob yozmasam, asarim haqida tanqid eshitmayman.
Agar men kitob yozmasam, do’stlarim menga havas qilishmaydi.
Agar men kitob yozmasam,...

Misolla bo’rttirib ko’rsatildi, lekin asosiy ma’noni tushuntirishga harakat qildik. Javoblarni “Agar men …” shaklida boshlash tafakkuringizni usha vaziyatga moslashga katta yordam beradi.

Dekart kvadrati uslubi barcha soxalarda qo’llash mumkin.
Agar men ishimni o’zgartirsam nima bo’ladi?
Agar men shu qizga uylanmasam nima bo’ladi?
Agar men Toshkentda emas Samarqandda yashasam nima bo’ladi?

Яндекс.Метрика