Архитектура и проектирование в Узбекистане www.sds.uz
Сухие строительные смеси edemix.uz

Baqlajon va bulg'or qalampiri smetana aralashmasida

Kerakli mahsulotlar:
2 dona baqlajon
2 dona pomidor
2 dona oq piyoz
2 dona qizil bulg'or qalampiri
Yarim stakan Smetana
Tuz va tabga ko'ra qalampir, murch

Tayyorlash:
1. Baqlajon, pomidor va bulg'or qalampirini kichik kubikchalar shaklida, piyozni esa yubqa doira shaklida tog'raymiz. Baqlajonni alohida tuzlab 10 daqiqaga tindirib qo'yamiz.
2. Baqlajon dam olib bo'lgandan so'ng barcha maxsulotlarni idishga solamiz va qopqog'ini yopib eng yuqori quvvatda 6 daqiqa davomida mikrovolnovkada pishiramiz.
3. Smetana solib aralashtiramiz. Tuz va murch solamiz. Yana 2 daqiqa mikrovolnovkaga qo'yib olamiz. Tayyor bo'lgach 5 daqiqa sovutamiz.

Ajoyib va tez pishar ovqat tayyor. Yoqimli ishtaha!

Яндекс.Метрика