Архитектура и проектирование в Узбекистане www.sds.uz
Сухие строительные смеси edemix.uz

Pomidor ichida omlet

Kerakli mahsulotlar:
2 dona pomidor
2 dona tuxum
2 osh qoshiq zaytun yog'i
2 dona sarimsoq piyoz bo'lakchasi
2 qoshiq mayda qirilgan qattiq pishloq
Ko'katlar, tuz va tabga ko'ra qalampir

Tayyorlash:
1. Pomidorni tepa qismidan qalpoqcha shaklida kesib olamiz. Devorlariga shikast yetkazmagan holda ichini o'yib olamiz. Pomidor ichki devorlariga zaytun yog'i surtib chiqamiz. Mayda to'g'ralgan sarimsoq piyozni pomidor ichiga sepamiz.
2. Tuxumni chqib (sarig'i va oqi birga) qirg'ichdan chiqarilgan pishloq, mayda tog'ralgan ko'katlar bilan birga aralashtiramiz. Tuzlaymiz va qalampir qo'shamiz.
3. Tayyor aralashmani pomidor ichiga solamiz va oldindan kesib olingan "qalpoqchalarni" keydiramiz. Pomidorni likopchaga teramiz va eng yuqori quvvatda 3 daqiqa davomida mikrovolnovkada pishiramiz.

Yoqimli ishtaha!

Яндекс.Метрика