Архитектура и проектирование в Узбекистане www.sds.uz
Сухие строительные смеси edemix.uz

Qulupnayli murabbo qanday tayyorlanadi?

Qulupnayli murabbo

Orangizda qulupnayni xush ko'rmaydiganlar topilmasa kerak. Uning tarifini ortiqcha keltirib o'tirishga ham hojat yuq. Afsuski bu mazali mevaning betakror mazasidan faqat aprel-may oylaridagina bahramand bo'lishimiz mumkin. Shunday ekan qulupnalar pishgan mavsumda qulupnayli murabbo tayyorlab olishni unutmang.

Qulupnayli murabbo qanday tayyorlanadi?

Qulupnayli murabbo tayyorlash juda ham murakkab emas. Biroq murabbo mazali, hushtam va chiroyli chiqishi uchun bazi kichik sirlarni siz bilan o'rtoqlashishni niyat qildik.

Qulupnayli murabbo uchun kerakmi masalliqlar:

  • 1 kg qulupnal;
  • 1 lg shakar;
  • 2 osh qoshiq limon sharbati.

Qulupnayli murabbo

Tayyorlov bosqichi

Murabbo uchun uncha katta bo'lmagan, yaxshi pishgan qulupnayni tanlang. Qulupnayni dumchalaridan ajratib, sovuq suvda yaxshilab yuvib olamiz. Qulupnaylarni sirli idishga solib, ustidan shakar sepamiz va 5-6 soat shunday qoldiramiz. Bu vaqt mobaynida qulupnaydan sharbat ajralib chiqadi.

Qaynatish bosqichi

Idishni past olovga qo'yib, qaynash darajasigacha yetkazamiz. Murabbo tagi olmasligi uchun uni bazi-bazida yog'och qoshiqda sekinlik bilan aralashtirib turamiz. Aralashtirish davomida qulupnaylan ezilib ketmasligi lozim.

Murabbo qaynay boshlagach unga limon sharbatini solamiz va yana arlashtiramiz. Limon sharbati qulupnayli murabboning me'daga tegishini oldini oladi.

Murabboni 5 daqiqa qaynatamiz. 5 daqiqadan so'ng uni olovdan olib, ohirigacha sovugunga qadar ustini toza sochiq bilan yopib qo'yamiz. Bu jarayon 3 marta takrorlanadi. Qaynash davomida muntazam ustidagi ko'pik olib turiladi. Bunday qaynatish usuli qulupnaylar ezilib ketmasligi uchun qo'llaniladi. Natijada qulupnaylar butun va chiroyli saqlanadi.

Qulupnayli murabboni saqlash

Qulupnayli murabbo uchinchi marta 5 daqiqa qaynaganidan so'ng, uni sterillangan bankaga solamiz va sterillangan qopqoq bilan berkitamiz. Qulupnayli murabbo qorong'u va salqin joyda saqlanadi.

Qulupnayli murabbo

Яндекс.Метрика