Архитектура и проектирование в Узбекистане www.sds.uz
Сухие строительные смеси edemix.uz

Farishtam

Men yerga bog'langan bir bandi edim,
Saxar borib, tunda qaytardim ishdan.
Sen kelding...
Sen ahir qaylardan kelding?
Ko'klardan tushdingmi, ma'sum FARISHTAM?

Bir hushbo'y sabola taraldi birdan,
Yurakni siypalab, erkalaguvchi.
Odamlar odamdan zerikkan yerdan,
Insonlar tarafga yetaklaguvchi.

Esladim...
Olovlar gurlar qo'ynimda
Bir buyuk vulqonlar portlaganini.
Keyin sukunatda
Tunda...
Bo'ynimda,
Kiprik kapalakdek porlaganini.

Shu munis turishda bu ko'hna olam
Sevgiga zorligin eslatib turding.
Chaqnoq ko'zlaringga ko'zim tushgan dam
Yuragim borligin eslatib qo'yding.

Men senga bog'langan bir bandi, asir,
Sen uchsang uzilib tushar jon rishtam.
Menga rahming kelsin, shafqat qil ahir,
Dunyoning holiga achin FARISHTAM.

Яндекс.Метрика