Архитектура и проектирование в Узбекистане www.sds.uz
Сухие строительные смеси edemix.uz

Muhabbat izlab...

Muhabbat izlab...

Bir kun Yurak muhabbat izlab yo’lga chiqibdi. Yo’lida birinchi unga yolg’on uchrabdi. Yo’lida davom etgan Yurak ikkinchi uchratgani xiyonat bo’libdi. So’ng uchinchi uchratgani baxt bo’libdi. Lekin u muhabbatni topa olmapdi. Shu tariqa kech tushib keying uchratgani armon bo’libdi. Yo’lida davom etibdi va tushkunlikka duch kelibdi.

Hamon yo’lda davom etayotgan Yurakka va nihoyat shayton ro’baru kelib uni muhabbat yo’qligiga ishontiribdi. Xayotdan zerikkan Yurak yo’l yoqasidagi daraxtga o’zini osmoqchi bo’libdi, lekin tasodifni qarangki bu “Sevgi” daraxti edi.

Tasodifiy baxtdan xursand Yurak sevgi daraxtidan atigi 1 tomchi muhabbat sharbati berishini iltimos qilibdi. Sevgi daraxti esa buning evaziga sadoqat bulog’idan suv keltirishini buyuribdi. Yana sarson Yurak sadoqat bulog’ini izlab yo’lga tushibdi va ko’plab yo’lovchilardan buloq haqida so’rab-surishtirib boribdi. Yo’lida uchragan ishonchsizlik Yurakka bunday buloq mavjud emas debdi. G’urur esa uni 1 oy asirlikda ushlab turibdi. G’ururdan zo’rg’a ozod bo’lgan Yurakni yo’l qaroqchisi Rashk talon taroj qilib xijron saxrosiga tashlab ketibdi. Kimsasiz saxroda yolg’iz qolgan Yurak suv izlab, qarangki, sadoqat bulog’iga duch kelibdi.

Shodlangan Yurak sadoqat bulog’idan to’yib suv icharkan G’urur va Rashk yetkazgan jarohatlar ham o’z-o’zidan tuzalib ketibdi va Yurak xursand holda sadoqat suvi birla sevgi daraxti yoniga qaytibdi. Sevgi daraxtini sadoqat suvi bilan sug’oribdi. Daraxt vadasiga binoan unga 1 tomchi muhabbat sharbatidan tortiq qilibdi. Sevgi sharbatini ichgan Yurak huzurbaxsh, betakror hislarni tuyubdi. Juda tez ura boshlabdi va baxtli, xursand holda uyga qaytibdi. Lekin uyga kelib ne ko’z bilan ko’rsinki uning yori Qalb o’lim to’shagida edi…

Яндекс.Метрика