Архитектура и проектирование в Узбекистане www.sds.uz
Сухие строительные смеси edemix.uz

Sog'inch

sog'inch

Bemahalda eshik taqillar,
Bemahalda uyqu qochadi.
Kim u...? Sokin soat chiqillar,
Sog'inch turib eshik ochadi.

Ostonada tun, telba shamol,
Zulmat ichra muzlaydi sog'inch.
Yurak notinch, bezovta xayol,
Derazaga undaydi ilinj.
Bog' yo'lakka ko'zlar yugurar,
Daraxtzorda ko'rinmas sharpa.
Bu safar ham sog'inch aldanar,
Derazani yopadi shartta.
O'rindiqqa kelib mixlanar,
Xayol uni avrab uchadi.
Bir mahallar uyqu elitar,
Tushlariga xayol ko'chadi.

Яндекс.Метрика