Архитектура и проектирование в Узбекистане www.sds.uz
Сухие строительные смеси edemix.uz

Yigit kishi umri davomida BUZISHI yoki SINDIRISHI kerak bo'lgan 12 narsa

1. Kabob. Kaboblaringiz bir necha bor yaxshi chiqmasa ko'ngilni cho'ktirmang. Mazali kabob tayyorlash sirlarini faqatgina ko'p marta urunishdan keyin qo'lga kiritish mumkin. Ushbu mahorat keyingi picniklarda o'rtoqlaringizni lol qoldirishda as qotishi aniq.
2. Uch balonli velosiped. Shahar ko'chalarida allambalo tryuklar ko'rsatmaslik uchun ro'lni beboshlarcha boshqarish maktabini bolalikda o’tab, tugatgan yaxshiroq.

3. Burun. Yaxshisi biror axmoqnikini.

4. Eeeski imorat. Tashlandiq ombor, molxona yoki biror ashqal-dashqal. Albatta o'rnida yangi nimadur qurish maqsadida.
5. Hayot tarzi. O'zgarishlarsiz hayot zerikarli.
6. Obru-e'tibor. Boshqalarning fikri bilan haddan ortiq qiziqib hayotning mazmunsiz o'tib ketganini sezmay qolish hech gap emas.

7. Qimmatbaho buyum. Muhumi unga qo'l siltash va unutish. Allaqanday moddiy boyliklar otashin qalbingizni tilka pora qilishga arziydimi?
8. Oshxona pichog'i. Boltni burash uchun ishlatgandan keyin sinadida. Hech bo'lmaganda tig'i rasvo bo'ladi. Ha mayli, hechqisi yo'q. Bahonada “ish quroling soz bo'lsa mashaqqating oz bo'lar” – degan maqolni mag'zini chaqasiz.
9. Kalit, eshik tirqishida. Yoki qutidagi so'nggi gugurtcho'p. Yigit kishi chorasiz vaziyatdan chiqish yo'lini topishi shart.
10. Umumiy guruh sur'ati. Ha aytgancha, tarixda qolish uchun ajoyib usul.
11. Qo'shnining oynasi. Yaxshisi fo'tbol to'pi bilan.
12. O'zini. Vaziyat taqazo qilganda o'zini tiklab olish va yana olg'a qadam tashlash uchun.

1977 yil Silverstoun trassalarida poygachi Devid Perly to'qnashuv natijasida 29 suyagini sindirib va 3 bo'g'inlarini chiqarib olgan.
Olaaa…:Hechqisi yo'q. “Шрамы украшают мужчин” – deyishadi ruslar. Muhumi hamma narsadan to'g’'i ibrat ola bilishda.

Яндекс.Метрика