Архитектура и проектирование в Узбекистане www.sds.uz
Сухие строительные смеси edemix.uz

Yugurish uchun olg'a!

Yugurish uchun olg'a

Necha marotaba ertadan boshlab ertalab turib yugurishga vada berganingiz haqida so’ramoqchi emasmiz. Shunchaki bir necha foydali faktlarni keltirmoqchimiski, toke ertaga hech bo’lmaganda 20 daqiqa yugurish uchun yetarli kuch va g’ayrat paydo bo’lsin. Agar qandaydir yengib bo’lmas kuch (haqiqatni tan olib aytadigan bo’lsak YALQOVLIK) qimmatli vaqtingizni “maqsadsiz yugurish” uchun sarflashga to’sqinliq qilsa, unda matn davomini o’qishdan ma’ni yo’q. Vaqtni bekorga ketkazishdan nima naf?

Yugurish salomatlik uchun koni foyda

Qomadni saqlash (yoki risolaga keltirish) ucun yugurishdan foydalanmoqchi bo’lgan, lekin bunga iroda topa olmayotganlarning ko’zlarini oyoqlariga qaratmoqchimiz. Yo'q, yo'q sizni boshingizni yerga egmoqchi emasmi. Aniqrog’i yugurishdan keladigan foydaga qaratmoqchimiz.

1. Yugurish yurak qon tomirlarini mustaxkamlaydi. Yugurayotib uchun tezlashar ekansiz tanangizda qon ham o’z o’zidan tez yugura boshlaydi. Qon aylanishi yaxshilanadi va tananing barcha a’zolari kislorod bilan yaxshi ta’minlanadi. Arterial qon bosimi normal holatga keladi.

2. Yugurish tanada almashinuv jarayonini faol holatga olib keladi. Nafaqat oyoqlaringiz balki jamiki ichki azolaringiz tez harakatlanadi.

3.Yugurish o’pka ish qobilyatini yaxshilaydi. Yugurayotganingizda o’pkangiz odatdagidan uch barobar ko’proq g’ayrat bilan ishlaydi. Doimiy yugurib turish natijasida o’pkada funksional ko’nikma hosil qilib borasiz. Buning natijasida lift ishlamay qolgan vaqtda 17-qavatga bemalol zinada ko’tarila olishingiz mumkin. Yo’lning yarmida o’pkangiz to’lib charchab qolishdan qo’rqmasangiz ham bo’ladi.

 

4. Yugurish kayfiyatni ko’taradi. Jismoniy faoiliyat endorfin – “baxt gormonlari”ni ajralib chiqishiga yordam beradi. Aynan ular sizni terlashga va mashg’ulotdan rohat olishga majburlaydi.

5. Yugurish jasoratni oshiradi. Uzoq jismoniy harakat testosteronlar ajralishini kuchaytiradi va o’zingiz hali anglab ulgurmagan qobilyatlaringizni yuzaga chiqishiga yordam beradi.

6. Yugurish o’z-o’zini boshqarish, aniq maqsadga intiluvchanlik va irodani rivojlantiradi. Mashg’ulotlardagi yutuqlar esa o’zingizga nisbatan qadringizni oshiradi.

7. Yugurush miyani yaxshi ishlashga undaydi. Doimiy ravishda yugurish xotira qobilyatiga javobgar bo’lgan bosh miya to’qimalarini sog’lom va ishchi holatda saqlaydi.

8. Yugurish vaqtida tanangizda deyarli barcha muskullar harakatga keladi. Bunga yana qanday ortiqcha tarif berish mumkin?

Yugurish hamda boshqa fitness yo’nalishlar bo’yicha batafsil ma’lumotlarni Reebok mutaxassislaridan bilib olishni istaysizmi? Buning uchun mobil telefoningizga Reebok Fitness dasturini o’rnating. Uning yordamida mustaqil o’z shug’ullanish dasturingizni tuzishingiz va yutuqlaringizni ijtimoiy tarmoqlarda chop etishingiz mumkin. Reebok Fitness dasturini Google Play dasturlar omboridan bepul ko’chirib oling.

Yugurishda qanday xatolarga yo’l qo’yishingiz mumkin

O’ylaymizki yugurishda tezlik va masofani oshirib borish kerakligini o’zingiz yaxshi tushunasiz. Qattiq yuzali, qiyalik yuqori bo’lgan joylarda yugurish tavsiya etilmaydi. Tanada jarohat bo’lganda yugurmagan maqsadga muvofiq. Boshqa hollarda esa muntazam yugurish bilan shug’ullanish so’g’liq uchun koni foyda. Quyida yugurishni endi boshlaganlar ko’p yo’l qo’yadigan xatolardan sizni ogoh qilmoqchimiz.

1-XATO: ISSIQ KUNDA QALIN KEYIMDA YUGURISH

Natijada: Organizm suyuqlik yuqotadi. Buning tanadagi yog’larni erishiga hech qanday aloqasi yo’q.
Xatoni tuzatish: Yengil, ixcham va suyuqlikni tez shimib oluvchi matodan tikilgan keyimda yuguring. Yugurish uchun maxsus mo’ljallangan oyoq keyimdan foydalaning.

2-XATO: QUVVAT BO’LISHI UCHUN 2 DONA BATONCHIKLARNI PAQQOS TUSHIRISH

Natijada: Yeb oldingizmi? Borakallo!!! Endi ushbu kaloriyani yuqotish uchun yugurish emas, poyga mashinalari tezligida uchishingiz kerak.
Xatoni tuzatish: Yugurish oldidan kam kalloriyali, masalan olma yoki yog’sizlantirilgan yogurt tanavvul qiling.

3-XATO: BO’SHASHGAN, PARISHONXOTIR XOLDA YUGURISH

Natijada: Bir xil va past tempda yugurish yurak va organizmga kam yuklama beradi va bu butunlay befoyda!
Xatoni tuzatish: Sizga g’ayratli mashg’ulot lozim. Turli tempda yugurish, qadamlar shiddatini o’zgartirib turish orqali maksimal effektivlikka erishishingiz va maksimal kilokalloriya yo’qotishingiz mumkin.

Яндекс.Метрика