Архитектура и проектирование в Узбекистане www.sds.uz
Сухие строительные смеси edemix.uz

Yaxshi do'stni bori yaxshi

Hayotda bekam-ko'st bo'lish, jamiyatda mustahkam o'rin egallash uchun sizga kerak bo'ladigan 8 hamrohingiz haqida yozuvchi Tom Rat o'zining “Vital Friends” (“Bir umrlik muhum do'stlar” (tahriryat tarjimasi), “Жизненно важные друзья”) kitobida aytib o'tadi.

Sherik (ulfat) – birinchi bo'lib u bilan har qanday muammoni muhokama qilishni hohlaydigan do'stingiz.

Navigator – sizda qanday variantlar borligini aniq ko'ra oladigan do'st.

Quruvchi – o'z vaqtini sizga ajratadigan va sizni qo'llab quvvatlab, dalda bo'ladigan do'st.

Enerjayzer – har qanday holatda sizni kuldirishga qodir va optimist g'oyalar bilan zaryadlab turadigan do'st.

Hamkasb – manfaatlaringiz, qiziqishlaringiz va jizzakiligingizni baham ko'radigan do'st.

Aloqachi – kim yordam bera olishini biladigan do'st.

Tarafdor –sizga madhlar kuylovchi, hammaga sizni maqtovchi do'stingiz.

Yo'lboshchi –sizni tavakkal qilishga va kreativ bo'lishga rag'batlantiruvchi do'st.

Hosh sizda bo'sh katakchalar qolib ketdimi? O'ylaymizki nima qilishni allaqachon tushundingiz. Kimni qaerdan qidirishni o'zingiz yaxshi tasavvur qilmoqdasiz. Telefonni qo'lga olamiz va olg'a!!!

Яндекс.Метрика